O‘tgan yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi.
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Lekin ko‘plab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi bo‘lganidan so‘ng, “qo‘l boshqaruvi” bilan hal bo‘layotgani qayd etildi.
Masalan, narx qimmatlagani uchun 61 turdagi iste’mol mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi.
Lekin, joylardagi iqtisod bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot bo‘limlari rahbarlari ushbu mahsulotlarni o‘zimizda ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlashni o‘ylamayotgani tanqid qilindi.
Farg‘ona, Jomboy, Elliqqal’a, Parkent tumanlari va Yangiyo‘l shahrida mol go‘shti, Konimex, Oltinko‘l, Bo‘ston tumanlari va Zarafshon shahrida tuxum narxi oshganiga ushbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab o‘tirgani qayd etildi.
Bosh vazirga ushbu tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
O‘zA