Shanba kuni Buyuk Britaniya hukumati koronavirusning yuqumli yangi turi aniqlangani sababli London va mamlakatning boshqa ayrim hududlarida pandemiyaning oldini olish va nazorat qilishni eng yuqori 4-darajaga (Tier4) ko‘tarishni ma’lum qildi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning VVSga ma’lum qilishicha, virusning yangi turi "nazoratdan chiqib bo‘lgan".
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning mutatsiyaga uchragan turi odatdagi koronavirusga qaraganda 70 foiz yuqumliroq ekanini aytib, ayni paytda ushbu shtammning o‘limga olib kelish xavfi qay darajada ekaniga hech qanday dalil yo‘qligini aytgan.
Bundan tashqari, vaksinani sinab ko‘rishi mumkinligi to‘g‘risida ham hali aniq bir qarorga kelinmadi, – degan Boris Jonson.
Ushbu xabar Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida xavotir uyg‘otmoqda va ular Buyuk Britaniyaga aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qildi. Masalan, mazkur xabar tarqalgandan so‘ng bir necha soat o‘tib 20 dan ziyod mamlakat Londonga aviaparvozlarni to‘xtatdi.
O‘zA