English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘pkurash” vatanparvar yoshlarni chorlaydi
16:57 / 2023-08-24

FOTOREPORTAJ

Yoshlarni yurtga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

An’anaviy «Ko‘pkurash» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi zamirida ham aynan shu maqsad mujassam bo‘lib, shu kunlarda joylarda mazkur tadbirning hududiy bosqichlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Xususan, musobaqaning Navoiy viloyat bosqichiga 700 nafar yigit-qiz qamrab olindi. Ishtirokchilar tezkor savol-javob, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Karmana tumanidagi kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga nasib etdi. IIV Navoiy akademik litseyi o‘quvchilari esa faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan  bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Nurota tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari egalladi.

[gallery-13240]

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom, pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA