French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘pkurash – mardlik va vatanparvarlikka chorlaydi
20:44 / 2023-08-26

Namanganda yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ertamiz egalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari hamda ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorlikda o‘tkazilgan “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Ko‘pkurash” bellashuvida 63 professional ta’lim muassasasidagi hududiy bosqichlarda g‘olib chiqqan mard va jasur yoshlardan shakllantirilgan 12 ta jamoa beshta shart asosida ishtirok etdi.

Tezkor savol-javob, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish bo‘yicha bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra Yangiqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining "Po‘lat qalqon" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Namangan shahridagi 1-son kasb-hunar maktabining "Qalqon" jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan Uchqo‘rg‘on tumani 1-son kasb-hunar maktabining "Vatanparvar" jamoasi joy oldi.

Musobaqaning g‘olib jamoalari hamda uning faol qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oqilxon Dadaboyev,  O‘zA