Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘pkurash kubogining ikkinchi bosqichi yakunlandi
10:56 / 2025-12-11

Poytaxtimizdagi Anhor kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Ko‘pkurash kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda turli yosh toifalaridagi o‘g‘il va qiz sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Musobaqa yuqori raqobat, shijoat va texnik mahorat ostida o‘tdi.

Musobaqaning 2012 yil va undan kichik yoshdagilar o‘rtasidagi bahslarida Samina Xontemirova, Yuliana Tropina, Mumtoza Inag‘omova, shuningdek Husayn Gunesh, David Negreba va Dmitriy Sarmin kabi yosh sportchilar shohsupaga ko‘tarildi. S–1 yo‘nalishida Asadbek Saidvaliyev yetakchilik qilgan bo‘lsa, undan keyin Elyor Ismatillayev va Diyorbek Ro‘ziboyevlar finishga yetib keldi.

2010–2011 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida K–1 va C–1 yo‘nalishlaridagi bahslarda Aleksey Gerasimenko, Iskander Abdulin, Denis Letuchev, Husnora Abdusalimova, Umida Junusbekova va E’zoza Inag‘omova yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar qatoriga kirdi. Shuningdek, Shuhratillo Po‘latov, Daler Xolmatov va Temur Baxtiyorov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

2008–2009 yillarda tug‘ilgan yoshlar orasida Maksim Ivliyev, Abduaziz Garipov va Mark Sherbakov K–1 yo‘nalishi bo‘yicha, Davron Ravshanov, Bektemir Ro‘zmuhamedov va Elbek Abdullayev esa C–1 bellashuvlarida yuqori o‘rinlarni egalladi. Qizlar o‘rtasida Karina Husnuddinova, Sevinch Abdulazizova va Albina Husnuddinova kuchli uchlikdan joy oldi.

Musobaqa yakuni bo‘yicha saralangan sportchilar kubokning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA