Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘pkari – jasur va epchil yigitlar musobaqasi
19:09 / 2023-03-22

Navro‘z shukuhi kezib yurgan shu kunlarda hududlarda hali hamon ko‘ngilochar tadbirlar davom etmoqda. Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “Lavandoq” massivida bayram munosabati bilan ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi.

Minglab yurtdoshlarimizni jamlagan ushbu ko‘pkarida viloyatimiz tumanlaridan tashqari boshqa viloyatlardan ham chavandozlar ishtirok etdi.

Ko‘pkari – O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri sanalib, dastlab g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkazilgan. Ko‘pkari tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda e’lon qilgan. U yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini bajargan. Chavondozlar doimiy ravishda ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratgan.

Uloqni belgilangan marraga birinchi bo‘lib tashlagan chavondozlarga sovrin sifatida turli miqdordagi pul mukofotlari, chorva mollari, toylar va tuyalar berildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA