French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘pchilik sevib o‘qiydigan “Guliston” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi
21:32 / 2021-01-13

Jurnalda Vatanimiz hayoti bilan bog‘liq muhim siyosiy voqelar aks etgan maqolalar bilan birga badiiy adabiyot, sa’atga ham keng o‘rin ajratilgan. Jumladan, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi oldidan tayyorlangan va “O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan sahifalar qiziqarli chiqqan. Akademik Naim Karimovning Izzat Sultonga bag‘ishlangan “Serqirra iste’dod sohibi” maqolasi, Jumaniyoz Jabborov she’rlari ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

Taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Otabekning janozasi” hikoyasi, shoir G‘ayrat Majidning “Olam, menga faqat gul kerak” deb nomlangan turkum she’rlari bugungi o‘zbek nasri va she’riyati haqida o‘quvchiga iliq taassurot qoldiradi.

O‘zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa’diyev va O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov bilan bo‘lgan suhbatlar ham teatr va tasviriy san’at muxlislari uchun  o‘qishli sahifa bo‘lgan.

Bulardan tashqari jurnal sahifalaridan o‘rin olgan yana bir qator katta-kichik meteriallar ham borki, o‘quvchi jurnalni o‘qish jarayonida bunga o‘zi guvoh bo‘ladi. 

                                                                                                                                      O‘zA