FOTOREPORTAJ
Buxoro tumani So‘fikorkar mahallasi hududidagi O‘zbekiston – Turkiya hamkorligidagi xorijiy “Bukhara–Varnet” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibida hayvonot bog‘i, bolalar maydonchalari va boshqa yangi servis yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
Avval bu yerda faqat issiqxona bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uning yonida o‘quv markazi, laboratoriya hamda issiqxonalar uchun konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilmoqda. Endilikda nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash ham maqsad qilingan.
[gallery-25666]
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, ushbu korxonaning zamonaviy issiqxonalarida 800 nafarga yaqin aholi bandligi ta’minlangan. Turk investorlari tomonidan bugungi kunda bu yerda ilg‘or texnologiyalar asosida sifatli tok, pomidor va bulg‘or qalampiri ko‘chatlari tayyorlanmoqda. Ko‘chatlarning mahsuldor, yuqori sifatli, yirik mevali va urug‘siz, ertapishar va kechpishar navlari yaratilgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA