Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qirrali hamkorlik rivoji yo‘lida
13:33 / 2023-10-02

Qatar Davlati ommaviy axborot vositalari – QNA axborot agentligi, “Al-arab” (alarab), “Ash-sharq” (al-sharq) va boshqa yirik nashrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy taklifiga binoan ushbu mamlakatga davlat tashrifini keng yoritmoqda.

Maqolalarda tashrif dasturiga muvofiq, Doha shahrida oliy darajadagi muzokaralar, davlatimiz rahbarining “EKSPO Doha-2023” xalqaro ko‘rgazmasi ochilishidagi ishtiroki ko‘zda tutilgani aytilgan. Yetakchilarning O‘zbekiston – Qatar munosabatini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari muhokamasi ta’kidlangan.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida davlatimiz rahbari sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiya sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldingi – Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniy bilan uchrashgani urg‘ulangan.