Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli va namunaviy uylarni telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi monitoring qilindi
16:36 / 2022-12-06

Prezidentimizning 2018 yil 21 noyabrdagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi alohida, mustaqil nazorat organi sifatida tashkil etilgan.

bugungi kunda «O‘zkomnazorat» Davlat inspeksiyasi tomonidan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida 86 ta vazirlik va idoralarga belgilangan 716 ta loyiha monitoring qilinadi. Shu bilan birga, 29 ta tumanga belgilangan 1045 ta, 12 ta mahalliy ijro etuvchi organlarga belgilangan 597 ta tadbirlar ijrosi monitoring qilindi.

Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat»ni keng joriy etish yuzasidan 76 ta davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining 184 ta loyihalari monitoringi amalga oshirildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ogohlantirish xatlari kiritildi.

Vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan jami 1109 ta elektron davlat xizmatlari va qo‘shimcha elektron xizmatlar monitoring qilindi.

Axborot xavfsizligi yo‘nalishi «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi 64 ta tashkilotlar axborot infratuzilmasida axborot va kiberxavfsizlik ta’minlanganligi holati yuzasidan 581 ta kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ijrosi nazoratga olindi.

Davlat organlarining 207 ta hamda hududiy boshqarmalar va tuman hokimliklarning 432 ta rasmiy veb-saytlari himoyalanganligi tahlil qilindi. Chet elda joylashgan serverlardagi 63 ta sayt resurslari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga ko‘chirildi. 50 ta rasmiy veb-sayt resurslari SSL sertifikatlar bilan himoyalanishi ta’minlandi.

bugungi kunda Respublika aholi punktlarining 96,12 foizi 3G/4G tarmog‘i bilan ta’minlangan. Joriy yil boshidan mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 527 ta 3G va 3 157 ta 4G baza stansiyalari ishga tushirilgan.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan aholiga zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, 15 440 ta 3G va 18 684 ta 4G baza stansiyalari ishga tushirildi. Mobil aloqa abonentlari soni bugungi kun holatiga 33 435 516 tani tashkil qilgan.

Yana bir ma’lumot, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasining «qabul.gis.uz» axborot tizimiga kiritilgan 10273 ta qurilishi tugallangan va ekspluatatsiyaga qabul qilingan ob’ektlar ma’lumotlari monitoringi amalga oshirildi.

Ma’lumotlarni uzatish tizimlari yo‘nalishida telekommunikatsiya tarmoqlarida 2022 yilning o‘tgan davri davomida 72 ta uzilish va 7 ta to‘xtalish holatlari yuzaga kelgan. Shundan 36 tasi mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida, 43 tasi telekommunikatsiya transport tarmog‘ida sodir bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan uzilishlardan 51 tasi ehtiyotsizlik oqibatida, 18 tasi qasddan, 9 tasi tabiiy ofat va 1 tasi texnik sabab tufayli yuzaga kelgan.

Ko‘p qavatli va namunaviy uylarni telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi monitoring qilindi, qurilish tashkilotlariga 95 ta xat chiqarildi, natijada 2022 yilda qurilgan 279 ta ko‘p qavatli va namunaviy uylarning 270 tasida telekommunikatsiya infratuzilmalari ko‘zda tutilganligi hamda qurilishi loyihalashtirilgan 797 ta ko‘p qavatli va namunaviy uylarning 653 tasida telekommunikatsiya infratuzilmalari ko‘zda tutilganligi aniqlandi.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 154,306 ming kilometrga yetkazilgan. Shuningdek, bugungi kunda keng polosali abonent portlar soni 3900 mingtaga yetkazilgan.

Sh.Mamaturopova, O‘zA