Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli uylar favqulodda vaziyat talablariga javob beradimi?
11:46 / 2026-02-23

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshchiligida Farg‘ona shahrida joylashgan qurilishi tugallanmagan ob’ektda hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda kuch va vositalarning shayligini sinovdan o‘tkazish, hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

O‘quv mashqi davomida shartli ravishda ob’ektda yong‘in sodir bo‘lgani va fuqarolar xavf ostida qolgani haqidagi signal asosida Favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari, yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda hamkor tashkilotlar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, belgilangan tartibda qutqaruv ishlarini olib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda hududni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Shuningdek, o‘quv mashqi jarayonida qurilishi tugallanmagan ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik choralariga rioya etish hamda bunday holatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish tartibi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.

[gallery-27808]

Mazkur maxsus-taktik o‘quv mashqi yakunida ishtirok etgan kuch va vositalarning harakatlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob berish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu o‘quv mashqlari aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda qutqaruv xizmatlarining doimiy shayligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilmurod Dehqonov,

Farg‘ona viloyati FVB Tezkor boshqaruv 

markazi boshlig‘i, podpolkovnik. 

O‘zA