Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli uy-joy fondining texnik holatini yaxshilash dolzarb vazifa (+video)
17:14 / 2026-01-16

Navoiy shahrida aholining xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, ko‘p qavatli uy-joy fondining texnik holatini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan shahar hududidagi ko‘p qavatli turar joylar hamda ularning yerto‘lalari holati o‘rganilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida joylashgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ishchi holati, texnik va sanitariya talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, markaziy issiqlik tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari mavjud yoki yo‘qligi o‘rganilib, bu kabi qoidabuzarliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur nazorat tadbirlari orqali ko‘p qavatli uy-joylarda kommunal xizmatlar sifatini oshirish, muhandislik tarmoqlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsad qilingan.

– Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi, – deydi inspeksiya sho‘’ba boshlig‘i Sirojiddin Allayev. – Xususan, G‘alaba shoh ko‘chasida yashovchi fuqarolardan biri uyida issiq pol o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi va bu kamchilik joyida bartaraf etildi. Shu kabi qoidabuzarlik Ibn Sino ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida ham qayd etildi. Lev Tolstoy ko‘chasida istiqomat qiluvchi mulkdor esa radiatorni uyning balkoniga chiqargan. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida dalolatnoma rasmiylashtirilib, kamchilik bartaraf etildi.

Bu kabi amaliy chora-tadbirlar shaharda xavfsiz, barqaror va qulay yashash muhitini yaratish, ko‘p qavatli uylarning umumiy holatini yaxshilash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9pp-RmAjCuc" title="Ko‘p qavatli uy-joy fondining texnik holatini yaxshilash dolzarb vazifa" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri