French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli turar-joy binolariga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda
11:30 / 2023-07-28

Ko‘p qavatli turar-joy binolariga sifatli, samarali xizmat ko‘rsatish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Shu bois, bugungi kunda mazkur sohaga bo‘lgan talab va e’tibor kuchayib bormoqda. Bu borada Toshkent viloyatida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, issiqlik va ichimlik suv ta’minotini nazorat qilish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Toshkent viloyatida samarasiz faoliyat yuritayotgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rniga boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etildi. Ushbu yangi tuzilmalar sohadagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda. Yana bir qulaylik jihati shundaki, BSKda to‘lov billing tizimi orqali qabul qilinadi. Bunda fuqarolar ko‘rsatilayotgan barcha xizmat turlari uchun to‘lovlarning shaffoflik va ochiqlik tamoyili asosida ishlatilishini elektron platforma orqali nazorat qilish imkoniga ega bo‘lyapti.  

 – Bugungi kunda Toshkent viloyatida 161 ming 240 dan ziyod xonadondan iborat 4 ming 945 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud, – deydi Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Ubaydullayev. – Ularga 78 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda 10 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi. Shundan 4 ming 541 ta uy boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan, 72 ta ko‘p kvartirali uylar uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan va 13 tasi esa bevosita mulkdorlar tomonidan boshqariladi. Ko‘p kvartirali uylarning 319 tasi boshqa tashkilotlar balansida. Bugungi kunda mavjud ko‘p qavatli uylarning 4577 tasi, ya’ni 93 foizi 1991 yilgacha va 368 tasi 7 foizi 1991-2022 yillar oralig‘ida qurilgan uylar.  

Hozirgi kunda kompaniyalar tomonidan 3,5 milliard so‘m o‘z mablag‘lari evaziga 71 ta uyning tom qismlari joriy ta’mirlandi, 134 ta kirish yo‘laklari ta’mirdan chiqarildi. 24 ta temir eshik o‘rnatildi, 100 ta elektr taqsimlovchi shitlar ta’mirlandi, 132 ta uyning yerto‘la qismlari tartibga keltirildi. Shuningdek, 81 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari va 30 ta uyning fasad qismlari ta’mirlandi.  

Jumladan, Olmaliq shahar “So‘fi Ollayor” MFY Totuvlik 2-sektorda joylashgan “Injener Ramz” BSKga qarashli 1 va 3-ko‘p qavatli uylarning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Olmaliq shahar “G‘.G‘ulom” MFY Furqat ko‘chasi 4-sektorda joylashgan “Mamlakat ona kelajak” BSKga qarashli 5-ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  

Ohangaron shahar “Umid” MFY 2-daha 3-sektor hududida joylashgan “Kelajak kompaniyasi” BSKga qarashli 7-ko‘p qavatli uyning oldidagi bolalar maydonchasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ohangaron shahar “Orzu” MFY 2-kichik nohiya 3-sektor hududida joylashgan 11a-ko‘p qavatli uyning 5 ta kirish yo‘laklari mukammal ta’mirlandi. “Shodlik” MFY 1-kichik nohiya 3-sektor hududida joylashgan “Ohangaron Muhtasham uy” BSKga qarashli 45-ko‘p qavatli uyning 4 ta kirish yo‘laklarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  

Yangiyo‘l shahar “Fayzli” MFY Toshkent shox ko‘chasi 1-sektor hududidagi “Stroy everest master” BSKga qarashli 32-ko‘p qavatli uyning old qismidagi bolalar maydonchasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Yangiyo‘l shahar “Farovon” MFY Anarqulov dahasi 1-sektor hududidagi 5-ko‘p qavatli uyning erto‘la qismida bo‘yash va dezinfeksiya ishlari boshlandi. Yangiyo‘l tumani “O‘zbekiston Bekati” MFY 1-sektor hududida joylashgan “Mumtoz servis” BSKga qarashli 13-ko‘p qavatli uyning yerto‘la va kirish yo‘laklarida tozalash va dezinfeksiya ishlari boshlandi.  

Angren shahar “Kimyogar” MFY 5/3 daha 1-sektor hududidagi “24/7” BSKga qarashli 4a-ko‘p qavatli uyning 4 ta kirish yo‘lagida mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi. Angren shahar “Bobotog‘” MFY 5/1b daha 2-sektor hududidagi “Oydin cyentral servis” BSKga qarashli 27 va 28-ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida elevator hamda issiqlik yotiq quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi.  

 

Shahnoza Mamaturopova,  

O‘zA