Isroilning Eronga havo hujumlari shunchaki harbiy nishonlarga zarba berish emas, balki mintaqadagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirish va Tehron yadro dasturining asosiy tarkibiy qismlarini falaj qilishga urinishdir, deb yozmoqda Polshaning “PISM” tahlil markazi.
– Zarbalar qarorgohlarga, raketa bazalariga va zaif yadroviy inshootlarga berildi, biroq eng himoyalangan markazlar daxlsiz qoldi, bu holat Isroilning uzoq kampaniyaga tayyorlanayotganidan dalolat beradi, -deyilgan maqolada.
Polshalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu harakatlar teskari natija berishi ham mumkin. Ya’ni, Isroil rejimi Eron salohiyatini yo‘q qilish o‘rniga, mamlakatni yadroviy qurol yaratishni tezlashtirishga undashi mumkin. Binobarin, bu vaziyat Yaqin Sharqni yanada beqaror qiladi va AQSHning mojaroga bevosita aralashuvi xavfini oshiradi.
– Ayniqsa, Eronning jahon neftining qariyb uchdan bir qismi o‘tadigan yo‘lak hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishi xavotirlidir. Uni to‘sishga bo‘lgan har qanday urinish narxlarning keskin ko‘tarilishi va iqtisodga zarba beradigan global energetika inqirozini keltirib chiqarishi mumkin, -deyiladi manbada.
S.Rahimov, O‘zA