Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi
14:32 / 2022-07-26

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan viloyat hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni issiq izida fosh etish va hududlarda ijtimoiy muhitni yaxshilash yuzasidan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, "Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish" bo‘limi hamda sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2022” tezkor-profilaktik tadbirlarining birinchi bosqichida giyohvand moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq 112 ta holat aniqlandi. Xususan, 1 ming 996 kvadrat metr yer maydonidagi ko‘knor, kannabis va yovvoyi nasha kabi giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilingan. O‘rganishlar davomida giyohvandlik vositalarini sotish va saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilib, 58 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi.

Mazkur tadbirlar davomida yilning o‘tgan 6 oyida jami 136 kgdan ortiq narkotik moddalar muomaladan olingan. Holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shu kabi, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jami 28 ta jinoiy holat ham aniqlanib, “qora bozorda”gi narxi taxminan 2 milliard so‘mga teng bo‘lgan jami 29 ming 289 dona (psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi) dori vositalari muomaladan olinishiga erishildi.

Hozirda IIBB tomonidan viloyat hududida giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurashishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

A.Musayev, O‘zA