Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi
08:39 / 2026-01-31

Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994 y.t. shaxsga tegishli Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

123

Hurmatli fuqarolar! Kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. U organizm uchun jiddiy muammolar va hatto kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji, asab tizimidagi buzilishlar va ichki a’zolarni ishdan chiqarishga olib keladi. Eng ayanchlisi, u o‘lim holatiga ham sabab bo‘lishi mumkin. 

Shu bois, yurtimizda bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi va retseptsiz sotilishi qat’iyan ta’qiqlanib, javobgarlik belgilangan.