Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi
15:07 / 2026-02-09

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, 2026 yilda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorak yakuni bo‘yicha boshqaruvchilar bilan teng ulushlarda mablag‘lar ajratiladi.

Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishida markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini saralash, amalga oshirish hamda ularning natijadorligini monitoring qilish bo‘yicha quyidagi tartib o‘rnatiladi: 

a) loyiha takliflari, shu jumladan, mazkur qarorda nazarda tutilgan manbalardan mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning qarori bilan ma’qullangandan keyin amalga oshirilishi shart; 

b) shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha loyihaoldi tadqiqotlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi; 

v) har bir loyihaning amalga oshirilishi holati muntazam ravishda barcha darajadagi vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib boriladi. 

Mazkur qaror bilan: 

a) ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari shirkatlarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi 94,6 mlrd so‘m miqdoridagi muddati o‘tgan qarzdorligi to‘lovlari 5 yil muddatga shu muddatdan keyingi 5 yil mobaynida har oyda teng ulushlarda so‘ndirish sharti bilan kechiktiriladi; 

b) o‘z vaqtida amalga oshirilmagan to‘lov uchun hisoblangan 18,6 mlrd so‘m penyalar hisobdan chiqariladi va penya hisoblash to‘xtatiladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tegishli tijorat banklari bilan birgalikda sobiq shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan ko‘p kvartirali uy- joylarni ta’mirlash uchun jalb qilingan 1,2 trln so‘m miqdoridagi kreditlarni, foizlar hisoblanishini muzlatish sharti bilan, qaytarish muddatini 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab mahalliy hokimliklar kafilligi asosida uch yilga uzaytiriladi. 

O‘zA