Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p kvartirali uylar uchun minimal tariflar o‘zgaradimi? (+video)
17:08 / 2024-03-25

Yurtimizda 1 million 400 mingdan ziyod xonadondan iborat 41 ming 930 ta ko‘p kvartirali uy bor. Ularga 811 ta boshqaruvchi tashkilot hamda 159 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

20 ming 347 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 398 ta boshqaruvchi tashkilot yaxshi, 15 ming 981 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 369 ta boshqaruvchi tashkilot o‘rta, 2 ming 7 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 44 ta boshqaruvchi tashkilot og‘ir toifadagi boshqaruvchi tashkilot hisoblanadi. 

Bugungi kunga qadar boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ma’muriy bino qurish va binoni ta’mirlash uchun 49 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Shu bilan birga boshqaruvchi tashkilotlarda jami 17 mingdan ziyod zarur moddiy-texnika va uskunalar mavjud. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7i6okhFxsH8" title="Koʻp kvartirali uylar uchun minimal tariflar oʻzgaradimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Hozirgi kunda boshqaruvchi tashkilotlarda jami 11 ming 483 nafar ishchi xodim faoliyat yuritmoqda. 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 278,6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan 5 ming 684 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi. 2022-yil 1-yanvardan boshlab mulkdorlarning shaxsiy identifikatsiya raqami va xonadonlarning (mulklarning) kadastr raqamidan foydalangan holda «Mening uyim» billing tizimi joriy etildi hamda unga 1,3 mln. xonadon to‘g‘risida ma’lumotlar kiritildi.

2023-yilning 15-avgustidagi «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan joriy yil 1-yanvardan boshlab ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash notariuslar tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimi orqali tegishli mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin amalga oshirilishi belgilangan. 

Qolaversa, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etildi. Shuningdek, qaror bilan ko‘p kvartirali uylarni lozim darajada saqlash uchun minimal tarifni belgilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan bo‘ldi. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA