Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p kvartirali uy-joylarning texnik holati bo‘yicha bir yilda 7 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi
12:06 / 2026-01-27

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Jumladan, respublika miqyosida jami 26 ming 804 ta qurilish ob’ektida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari davlat nazoratiga olingan.

Mazkur ob’ektlarda hududiy nazorat inspeksiyalari xodimlari tomonidan 370 ming 676 marotaba nazorat va monitoring tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, 2025 yil davomida hududiy inspeksiyalar tomonidan 24 ming 671 ta ko‘p kvartirali uy-joyning texnik holati o‘rganildi.  

O‘rganishlar natijasida 7 mingga yaqin qonunbuzilish holati aniqlanib, ularning barchasini bartaraf etish yuzasidan majburiy yozma ko‘rsatmalar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining 4 mingga yaqini ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi, 3 mingdan ortiq holat bo‘yicha ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.  

Shu bilan birga, 2 mingga yaqin holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritildi. Bundan tashqari, 2025 yil davomida ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 5 ming 745 ta noqonuniy ulanish holati aniqlanib, barcha holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq ma’muriy jarima choralari ko‘rildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.                  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA