French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p kvartirali uy-joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday kechyapti?
17:14 / 2025-09-08

Yurtimizga kuz fasli kirib kelishi bilan salqin ob-havo boshlandi. Shu bois, barcha hududlar qatori Toshkent viloyatida ham mavsumga tayyorgarlik jarayonlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Yangiyo‘l tumanida mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish asnosida bunga yana bir bor amin bo‘ldik.  

Tumanda jami 131 ta ko‘p qavatli uy-joylar bor bo‘lib, 12 ta MFY hududida joylashgan.  Ulardagi xonadonlar soni 4 ming 77 tani hamda aholi 14 ming 620 nafarni tashkil etadi. Ko‘p kvartirali uy-joylarni 2025/2026 yillarda kuz-qish mavsumiga kompleks tayyorlash bo‘yicha “Manzilli dastur” tasdiqlangan.  

Bugungi kun holatiga ko‘ra, tumandagi ko‘p  qavatli uylarni 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida Boshqaruv servis kompaniyalarining o‘z mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar olib borildi. Xususan, 9 ta uyning 1700 m2 tom qismi mukammal va joriy ta’mirlandi. 13 ta uyning kirish yo‘lagiga temir eshiklar o‘rnatildi. 15 uyning 60 ta kirish yo‘laklari mukammal ta’mirdan chiqarildi. 10 ta domofon hamda 120 dona kodli qulflar o‘rnatildi. 16 uyning yerto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiyalari joriy va mukammal ta’mirlandi. 5 ta uyning 14 m2 framuga romlari plastik romlarga almashtirildi. 22 uyning fasad qismida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Tumandagi barcha Boshqaruv servis kompaniyalarida yengil avtomashina, xar birida 1 ta yuk tashuvchi mototsikl mavjud bo‘lib,  sohaga oid turli xildagi asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan. 

Kuz-qish mavsumi davrida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mavsum ko‘ngildagidek o‘tishiga xizmat qiladi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA