Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 7 fevral kuni "Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib etish hamda Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy yili"ni yuqori darajada ӯtkazish tӯg‘risida" qabul qilingan qarorda bir qator vazifalar belgilangan.
Turkiya Jumhuriyatining qadimiy Kӯnyo shahrida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Kӯnyo shahar hokimligi, Saljuq universiteti Adabiyot fakulteti hamda Mavlono tadqiqotlar instituti hamkorligida 2025 yil 5-6 may kunlari bo‘lib o‘tgan "Mavlono Rumiy va Alisher Navoiy: Onado‘lidan Xurosonga qadar ilm va hikmat yog‘dusi” xalqaro simpoziumi ana shu qaror doirasida amalga oshirilgan xayrli ishlarning navbatdagisi bo‘ldi.

Mazkur tadbirda ӯzbek va turk olimlari, shuningdek, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Kipr, Eron Islom Respublikasidan kelgan mutaxassis va tadqiqotchilar ӯz ilmiy xulosalari bilan ӯrtoqlashdilar.
Simpoziumning ochilish marosimida sӯzga chiqqan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov, Kӯnyo shahar hokimi Ibrohim Altay va boshqalar Mavlono Jaloliddin Rumiy va Mir Alisher Navoiy asarlaridagi mangu barhayot g‘oyalar – ӯtmish saboqlari bugun va kelajak ideallari uchun katta xizmat qilishi mavzusida qiziqarli ma’ruzalar qildilar.

Simpoziumda Rumiy va Navoiy ijodiga xos mushtaraklik, badiiy an’ana va novatorlik masalalari, Turkiyada navoiyshunoslik, Navoiyning yangi qӯlyozmalari haqidagi yangi dalillarga boy ma’ruzalar tinglandi.
Bu kabi anjumanlar o‘zaro ilmiy hamkorliklarni rivojlantirishi, millatlar va mamlakatlar ӯrtasidagi dӯstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga ijobiy ta’sir kӯrsatishi shubhasiz. Mazkur ilmiy anjumanning navbatdagisi Ӯzbekistonda ӯtkazilishi taklif qilindi.
Simpozium ishtirokchilari maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zA