English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Konya-2021": paralimpiya harakatidagi yangi g‘alabalar
15:25 / 2022-08-16

O‘zbekistonning matonatli atletlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarining para sport bahslaridagi o‘z ishtirokini yakunladi.

Ushbu nufuzli musobaqada paralimpiyachilarimiz munosib natijalarni qayd etdi.

Hamyurtlarimiz 4 ta para sport turida 7 nafar ishtirokchi bilan qatnashib, yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shiddatli bahslarda iroda sohibi bo‘lgan matonatli sportchilarimiz bor kuch-g‘ayratini ishga solib, Vatanga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyon qildi.

Bu shubhasiz yurtimizda paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol namunasi bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi yosh va yangilangan tarkibda qatnashib, kutilgan yutuqlarga erishdi.

Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik ayyomi arafasida qo‘lga kiritilgan "Konya-2021" o‘yinlaridagi ushbu yutuqlar Yangi O‘zbekiston yoshlari zabt etayotgan yangi marralar debochasi bo‘lib, yana ikki yildan so‘ng Fransiyada o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yangi g‘alabalarga qo‘shqanot bo‘lishidan dalolatdir.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA