Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konversion kartalar bilan onlayn to‘lovlar amalga oshiriladi
18:57 / 2017-11-24

“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki o‘z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida konversion kartalarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirdi. Endilikda konversion kartalar bilan internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki o‘z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida konversion kartalarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirdi. Endilikda konversion kartalar bilan internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Ayni paytda bank tizimida 42 filial, 40 mini-bank va 268 shoxobcha faoliyat yuritmoqda. Ular orqali 824 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga bank xizmati ko‘rsatiladi. Mijozlarga yaratilgan qulayliklarni yanada kengaytirish maqsadida bankning 39 filialida konversion operatsiyalar bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangi xizmatlar orasida chet el valyutasini so‘m plastik kartalaridagi mablag‘lar hisobiga sotib olish imkoniyati ham mavjud. Jismoniy shaxslar xorijiy valyutani xarid qilmoqchi bo‘lsa, VISA xalqaro plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Shuningdek, bankda konversion kartalararo pul o‘tkazmalari xizmati ham joriy etilgan. Konversion karta egalari o‘z hisobidan xorijiy valyutani, qabul qiluvchi chet elda bo‘lgan taqdirda ham, kartadan kartaga o‘tkazishlari mumkin. Faqat bu xizmatning bitta talabi bor: mablag‘ o‘tkazuvchi ham, qabul qiluvchi ham “Qishloq qurilish bank” konversion kartasiga ega bo‘lishi lozim.

Fuqarolar xorijda “Qishloq qurilish bank” konversion kartalaridan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Xizmatlar litsenziyalangan.