English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kontrafakt mahsulotlar savdosiga qat’iy chek qo‘yildi
16:46 / 2026-02-25

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga “Vodiy kimyo sanoat” MCHJ tomonidan kelib tushgan murojaatda, jamiyatga tegishli “Aprel” tovar belgisiga o‘xshash mahsulotlar ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan savdoga taklif qilinayotgani haqida ma’lum qilindi.

O‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida Guliston shahridagi eski bozor hududida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritib kelayotgan “K.I.” tomonidan iste’molchilarni adashtirish darajasida tayyorlangan “Aprel” nomli kontrafakt mahsulotlar savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Mazkur mahsulotlar asl brend belgisi va imijini haqiqiy yoki xususiy tovar sifatida ko‘rsatish orqali xaridorlarni adashtirishga qaratilgani sababli huquqiy tekshiruvga sabab bo‘ldi.

–  Huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanib, noqonuniy muomaladagi mahsulotlar savdosi to‘liq to‘xtatildi, – deydi Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish shu’basi boshlig‘i Akbar Ahrorov. –    Biz bilamizki, tovar belgisi va sertifikatlangan mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirmasdan xarid qilish iste’molchilar uchun iqtisodiy va huquqiy xatarlar keltirishi mumkin, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga qo‘yish esa qonun doirasida  jazoga sabab bo‘ladi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari mahalliy hokimiyat organlari va davlat nazoratchilari bilan hamkorlikda bozorlarda monitoring va qidiruv tadbirlarini yo‘lga qo‘ygan. Bu esa kontrafakt mahsulotlarni aniqlash, savdosiga chek qo‘yish va qonuniylikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri