English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendumga bag‘ishlandi
17:17 / 2023-04-10

Bugun Sirdaryo viloyati Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasi hamda Barqaror Rivojlanish Markazi tashabbusi bilan O‘zNNTMA Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendum” ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo bo‘limi rahbari, Oliy Majlis Senati a’zosi H.Ortiqboyeva, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi H.Mo‘minov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, professor M.Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Fuqarolik–xuquqiy va xalqaro xuquq fanlari hamda xalqaro tashkilotlar bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori,professor M.Baratov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Ma’muriy – huquqiy jinoiy – huquqiy fanlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor A.Xudoyberdiyevlar hamda viloyatdagi 35 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar tomonidan jamiyat va shaxs, fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlar to‘g‘risida loyihaga kiritilgan yangi normalar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi. Undan tashqari, tadbirda ishtirok etgan eshitishda nuqsoni bor shaxslar uchun surdo tarjimon orqali tushuntirishlar berib borildi.  

Tadbir yakunida O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Guliston shahar hududiy bo‘linmasiga 1 dona "Brayl" alifbosida tayyorlangan "Konstitutsiyaviy qonun loyihasi" kitobi topshirildi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA