Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Sudlar faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
17:25 / 2023-02-28

Ma’lumki, bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish ishlari keng davom ettirilmoqda. Konstitutsiyaviy komissiya va ishchi guruh a’zolari har bir taklifni batafsil o‘rganib, munosiblarini Konstitutsiyaga uyg‘unlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Mamlakatimizda sudlarning mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu borada Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ham muayyan me’yorlar ko‘zda tutilmoqda. 

— Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish davomida sud faoliyatiga oid yangi normalar ham belgilab qo‘yilmoqda, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov. — Xususan, sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan amalga oshirilishi Konstitutsiya bilan mustahkamlanmoqda.  

[gallery-10724]

Bu normaning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi, o‘z navbatida, sudlarning mustaqilligiga daxl qiluvchi har qanday moddiy omillarga barham beradi, sudyalar professionalligini oshiradi. Shuningdek, odil sudlovni to‘liq va mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini beradi.    

Muhtarama Komilova, O‘zA