Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamada
16:11 / 2022-07-04

Jizzax davlat pedagogika universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimligi, mahalliy kengash deputatlari, ziyolilar, faollar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bosh Qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili, inson sha’ni va qadr-qimmati ustuvorligini ko‘zlovchi islohotlar asosida amalga oshirilmoqda.

Bugun dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, so‘nggi 30 yilda 90 ga yaqin davlatda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, ularning 53 tasida yangi konstitutsiyalar qabul qilinganining guvohi bo‘lamiz. Davlatning Asosiy qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqadi.



Konstitutsiyaviy islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilning hayotda o‘z isbotini topishiga, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada ortib, yurtimizning ijobiy imiji yanada yuksalishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

– Davr o‘zgarishlarni talab etmoqda va bu – Konstitutsiyaviy islohotlar bilan amalga oshiriladi, – deydi A.Qodirov. – Taraqqiyot strategiyasining maqsadlarini amalga oshirish uchun esa mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifa. Prezidentimiz xalqimiz bilan har tomonlama bamaslahat qaror qabul qilinishi haqida aytdi. Konstitutsiya jamiyatdagi ekologiya, qadriyatlar, millatlararo totuvlik, xavfsizlik, inson qadrini yuqori qo‘yish kabi yo‘nalishlardagi talablar asosida o‘zgartiriladi.

Tadbirda bugungi kunda oila instituti inqirozga yuz tutayotgani, qadriyatlarni asrashga, ta’lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, maktabgacha ta’lim tizimini mustahkamlashga jiddiyroq e’tibor qaratish lozimligi va bularning barchasi Konstitutsiyamizga asosli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etayotgani ta’kidlandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA