Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolarimizdan 48 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan
11:48 / 2022-06-28

Markaziy bankda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy bank rahbariyati, xodimlari hamda “ZOOM” platformasi orqali hududiy bosh boshqarmalar va tasarrufdagi tashkilotlar ishtirok etdi.  

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov taklif etildi.  

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslanganligi, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutishi borasida fikrlar bildirildi.

Ta’kidlanishicha, Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolarimizdan 48 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Ularning aksariyati inson, uning hayoti va erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflardir.  

Kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar avvalo «Inson qadri uchun» degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaga tuzatishlar fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini, xususiy mulkchilikni iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.  

Muhokamalar jarayonida Markaziy bank xodimlari ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.  

Shahnoza Mamaturopova,  O‘zA