Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchisi va talabalari konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarda faol qatnashmoqda.
Universitetning “Xalqaro huquq” fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari va “Yuridik klinika” vakillari Toshkent shahar Chilonzor tumanida Maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, tuman maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari hamda xalq ta’limi vakillari bilan Konstitutsiyaviy islohotlarni muxokama qilishdi.
JIDU vakillari tadbir ishtirokchilariga “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam” shiori ostida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Jumladan, jamiyatimizdagi keng islohotlar, halqning farovon hayotini yaxshilash, oila, bola va yoshlar huquqlari kafolatlari mustahkamlanganligi va davlat hokimiyati, sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan keng tasniflar maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagog va muassasalar rahbarlariga batafsil axborot berildi.
Tadbir qatnashchilari kiritilayotgan o‘zgartirishlarga oid fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, yuqoridagi kabi normalarning hayotga tatbiq etilishi bevosita 2023 yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumdagi faolligimizga bog‘liq ekanligi e’tirof etildi.
O‘zA