Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning takliflari muhim
11:15 / 2022-07-20

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarini himoyalash, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilgan. Ayni kunlarda mazkur loyiha xalqimiz tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, takliflar taqdim etilmoqda.

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi, Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar hamda Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning ishtiroki masalasida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. 

Yoshlar yetakchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlash va aniq asoslangan takliflarini olish maqsadida tashkil etilgan seminarda jo‘yali takliflar o‘rtaga tashlandi.  

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini ta’minlashga, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgan bir paytda yoshlarga oid normalarning konstitutsiyaviy darajada yanada mustahkamlanishi ayni muddao ekanligi ta’kidlandi. Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi, mehnat qilishiga oid yangiliklarning Bosh qomusimizda aks etishi bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning yanada jadallashishida muhim o‘rin tutadi.   

Shuningdek, tadbir jarayonida yoshlar yetakchilari Konstitutsiyani takomillashtirishga qaratilgan qator takliflarini bildirdi. 
 

M.Komilova, O‘zA