Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlarda olima ayollarning o‘rni qanday?
09:15 / 2022-07-29

bugungi kunda izchil davom ettirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda olima ayollarning o‘rni qanday, ushbu siyosiy jarayonda olima xotin-qizlarning ishtirokini ta’minlash nechog‘li muhim? Jamiyatimizning faol xotin-qizlari Bosh qomusimizni takomillashtirish jarayonida qanday taklif va tashabbuslar bilan chiqishmoqda?

«Adolat» SDP Siyosiy kengashi tomonidan tashkil etilgan «Konstitutsiyaviy islohotlarda olima ayollarning o‘rni» mavzusidagi onlayn konferensiyada ana shular xususida so‘z bordi.  



— Mamlakatimizdagi siyosiy islohotlarda ayollarning faolligini yanada oshirish, konstitutsiyaviy islohotlarda olima ayollarning ishtirokini ta’minlash muhim masalalardandir, — dedi O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov. —  Yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e’tibor va yaratilgan shart-sharoit hamda keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, bugun olima ayollarimizning safi kengayib bormoqda. Ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ta’lim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotir. Bu jarayonda Konstitutsiya ayol-qizlarimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.  



Tadbir davomida Qonunchilik palatasi deputati Gulruh Agzamova ma’ruza qilib, O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanligini,  bu sohada salmoqli ishlar amalga oshirilganligini ta’kidladi. Shuningdek, bugun O‘zbekistonda xotin-qizlar va oila huquqlarini yanada mustahkamlashda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati xususida to‘xtaldi.   



Onlayn konferensiyada tashabbuskor ayollar ayni davrda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, xususan, Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga o‘tish jarayonlari, Bosh qomusimizni «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili asosida takomillashtirishning hayotiy zarurati va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Yosh va iqtidorli xotin-qizlarni ilm olishga undash, partiya safida izlanishlar olib borayotgan olimalar sonini kengaytirish, shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiyadan muhofaza qilish borasida so‘z yuritildi.  

M.Komilova, 
O‘zA