bugungi kunda mamlakatimiz parlamentida konstitutsiyaviy va qonuniy huquqlarni barqaror rivojlantirish va mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni qurish, Uchinchi Renessans davri asoslarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli va kuchli demokratik islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan voqealar sodir bo‘lmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi tahrirdagi “Konstitutsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Qonun 30-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi.
Demokratiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchovi hisoblangan referendum qonunlarni qabul qilish va davlat uchun muhim bo‘lgan masalalarni hal etish yo‘lida aksariyat xalq tomonidan ovoz berish shaklidir. Bu jarayonda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni tubdan rivojlantirish hamda erkin va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan demokratik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni konstitutsiyaviy nuqtai nazardan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Mamlakatimiz kelajagi, barcha soha va loyihalarning muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Shu bois keyingi yillarda ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti.
Yangi o‘zgartirishlar kiritilgan Konstitutsiya esa taraqqiy etayotgan davlat – yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtiradi.
Ayniqsa, biz olimlar uchun eng quvonarlisi, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi qayd etilgan qismida ta’limga e’tibor va kafolatlarning kengaytirilgani, ta’lim va fanga oid me’yorlar qariyb ikki baravar kupaytirilgani, davlat ta’lim muassasalarida o‘qish davlat hisobidan yo‘lga qo‘yilib, grantlar soni ikki baravar oshirilib 40 mingtaga, magistratura bosqichi uchun esa 5 barobarga oshirilgani atab o‘tilgan.
bugungi taraqqiyot davrida xalqimizning ijtimoiy sharoitini hisobga olgan holda bepul tarzda umumta’lim va dastlabki kasbiy tayyorgarlikning kafolatlanishi yoshlarni komil etib tarbiyalash imkonini beradi.
Jamiyatimizga har tomonlama sog‘lom fuqarolarni yetqazib berish maqsadida Konstitutsiyag‘a inklyuziv ta’lim kiritildi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning tengdoshlari kabi bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’lim sohasiga oid bir qancha dasturlar tilga olindi. Chunki maktabni o‘zgartirmay turib, odamlarni va jamiyatni o‘zgartira olmaysiz. “Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktabdir”, – dedi davlatimiz rahbari. Konstitutsiyamizda o‘qituvchi sha’nini himoya qilish belgilab qo‘yilgani bu fikrning isbotidir. Bunda davlat o‘qituvchining obro‘si va qadr-qimmatini himoya qilishni kuchaytirishi, ijtimoiy va moddiy ahvolini yaxshilashi, kasbiy mahoratini oshirishga yordam berishi belgilanmoqda.
Yangi O‘zbekistonda taraqqiyotning yagona yo‘li – ta’lim sifatini oshirish, eng katta sarmoya esa ta’limni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga qaratilgan. Chunki barcha maqsadlarga ta’lim va tarbiya orqali erishiladi.
Maktablarda ta’lim-tarbiyani yuksaltirish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, o‘qituvchining mavqeini yuksaltirish, buni zamonamizning eng muhim vazifalaridan biri deb bilish, Konstitutsiyada xalqning bugungi ahvolini inobatga olgan holda, bolalarning sog‘lig‘i, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga, shuningdek, ularning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan har xil shakldagi usullar ta’qiqlanadi.
Umuman olganda, konstitutsiyaviy islohotlar xalq mustaqilligi va davlat taraqqiyotini yuksaltirish, uning iqtisodiy qudratini, jahonda raqobatbardoshlikka chidamliligini mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni bajarishga xizmat qilishi shubhasiz.
X.Otegenov,
Qoraqalpoq davlat universiteti
Tasviriy san’at fakulteti dekani, PhD - dotsent