Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar: O‘zLiDeP hududiy kengashlarida keng muhokamalar olib borilmoqda
16:58 / 2022-06-06

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam poydevori bo‘lib kelgan Konstitutsiyamizni jamiyatimizdagi bugungi real voqelikka, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida O‘zLiDeP negizidagi har bir partiya tashkilotlari, deputatlari va faollari uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda. 

Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda tashkil etilgan navbatdagi davra suhbati ham “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida bo‘ldi. 

Tadbirni O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha milliy komissiya a’zosi Viktor Pak, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyevalar mavzu doirasida ma’ruza qildi. 

Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni boshlanganidan beri Toshkent viloyati aholisi, keng jamoatchilik, partiya faollari tomonidan Asosiy qonunga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirilayotgani haqida so‘z bordi. 

Shuningdek, O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari, deputatlar tomonidan xam joylarda tashkillashtirilayotgan tadbirlarda Konstitutsiyani isloh qilishga oid ko‘plab asosli taklif va mulohazalar bildirilayotir. Bu esa Yangi O‘zbekistonni bunyod etishga qaratilgan islohotlar taqdirini belgilab beruvchi ushbu muhim masalaga yurtdoshlarimiz juda katta  mas’uliyat bilan yondashayotganini ko‘rsatadi. 

Zomin tumanidagi “Shirin” kishloq fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Konstitutsiyani takomillashtirish – tarixiy ehtiyoj” mavzusidagi davra suhbatida ham shirinliklar tomonidan Asosiy qonunimizni takomillashtirishga oid 6 ta taklif bildirildi. 

O‘zLiDeP Zomin tuman Kengashi faollari, deputatlar ishtirokidagi bu kabi tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tumandagi barcha mahalla, korxona va tashkilotlarda tashkil etilmoqda va bildirilgan takliflar umumlashtirilmoqda. 

M.Komilova,  O‘zA