English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar mohiyati
18:35 / 2023-04-05

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda ushbu markaz hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari hamda markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, video-konferensaloqa orqali Uyushmaning hududiy bo‘limlari xodimlari qatnashdi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.v.b. X. Salimov olib borgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi Jahongir Shirinov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha ma’ruza qildi. U “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak” g‘oyasi asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tkazilib, aholidan uni takomillashtirish yuzasidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani va ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganini ta’kidladi. O‘zbekiston — ijtimoiy davlat deb belgilanayotgani haqida so‘z yuritdi. Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi bo‘lishiga to‘xtalib o‘tdi.  

— Ham mazmunan, ham shaklan yangilanayotgani Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid amaldagi Bosh qomusimizda bo‘lmagan yangi modda va normalarni kiritilayotgani e’tiborga molik,  – deydi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.v.b. Xolmurod Salimov. – Yangi Konstitutsiyamiz loyihasida  davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlashi belgilanganmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yilmoqda. Albatta, ushbu konstitutsiyaviy islohotlar barcha sohalar qatori jurnalistika rivojiga ham xizmat qiladi. Shuni ham alohida ta’kidlashni istardim, yangilanayotgan Bosh qomusimizda inson huquqlariga oid normalar uch baravardan ortiqqa oshirilayotgani Yangi O‘zbekistonda inson qadri ustuvor ekanligini bildiradi.  

Tadbir so‘ngida yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

O‘zA