Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha yoshlar fikri tinglandi
16:01 / 2022-06-21

Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis Senati, “Kamalak” bolalar tashkiloti, Yoshlar parlamenti vakillari va faol yoshlar ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlarning yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlashdagi o‘rni” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yoshlar o‘z taklif va fikrlarini bildirdi.  

Xususan, davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar ta’limni davom ettirishlarini kafolatlashi, har kim axborot resurslari, kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunlarda belgilangan doirada o‘z-o‘zini boshqarish, akademik erkinlik, tadqiqotlar o‘tkazish hamda o‘qitish erkinligi huquqiga ega bo‘lishi kabi takliflar bildirildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA