Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohot – Yangi O‘zbekistonda xalq manfaati, inson qadri ifodasi
09:35 / 2023-04-06

O‘zbekiston hayotida so‘nggi yillarda olamshumul, keng ko‘lamli o‘zgarishlar yuzbermoqda. Jumladan, mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohot jarayoni qizg‘in pallaga kirdi. Bugun har bir fuqaro shaxsiy huquqi va erkinligidan foydalanib, yangi qabul qilinajak Asosiy qonun o‘zgarishlari amaliyotiga hissa qo‘shmoqda. Har bir fuqaro ijtimoiy kelib chiqishi, dini, millati, elati, tilidan qat’i nazar ovoz berish huquqiga ega. Referendum shakli, oqibati, ahamiyati jihatidan ko‘p qirrali institut. Bu umuxalq tadbiri to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning turli shakllari yig‘indisi sifatida alohida o‘rin tutadi.

Avvalo, referendum saylovchilar uchun o‘z xohish-irodasini bildirish uchun jozibali vositadir. Davlat islohotida fuqarolarning bevosita ishtirok etishi faktining o‘zi hayratlanarli, muhim jarayon.

Qolaversa, fuqaro referendum tashabbuskorlari tomonidan ilgari surilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida qatnashadi, qaysi savolga javob berishi kerakligini oldindan biladi. Ta’kidlash joiz, yurtimizda kutilayotgan referendum jarayoniga taqdim etiladigan loyiha, umuman, mazkur jarayon faqat xalqimizning manfaati, tinch va farovon, osoyishta hayoti uchun qo‘yilayotgan poydevor. Bir so‘z bilan aytganda “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimiz bosh tamoyili – “Inson – jamiyat – davlat” yondashuvini Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirilishi muhim islohot sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Har bir saylovchi dolzarb islohotlarni “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlash, xalqparvar davlat barpo etish, inson huquqi himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, yoshlar huquqi va manfaatini to‘la ta’minlashga qaratilgan islohotlarni qabul qilishda o‘z ovozini beradi.

Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqi va manfaati, “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyili, erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanishi, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish singari masalalar Konstitutsiyaviy islohotning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirish, jumladan, davlat hokimiyati yanada samarali tashkil qilshga yordam beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalq”. Shunda har bir vatandoshimiz “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi. Konstitutsiyaga kiritiladigan barcha tuzatish va qo‘shimchalar mamlakatimizning 14 hududiy birligidan iborat yagona davlatni, millati va elatidan qat’i nazar, yagona va qudratli O‘zbekiston xalqini yanada jipslashtiradi hamda ulug‘vor maqsadlar sari safarbar etadi.

Referendum orzu-niyatlarimizni amalga oshirish uchun berilgan yana bir imkondir. Shunday ekan, Konstitutsiyaviy islohot jarayonidagi ishtirokimiz bilan o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimiz mana shu muqaddas zaminda yanada erkin va farovon yashashi uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur.

Kamola Maraimova,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

katta o‘qituvchisi,