Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohot mavzusi Pokiston OAVda
17:36 / 2023-03-29

Pokiston Islom Respublikasining ingliz tilidagi yetakchi nashrlari - “Iqtida” gazetasi, “Pakistan in the World” jurnali, “The Gulf Observer” media-guruhi hamda “Youth Diplomacy Forum” NNT veb-sayti sahifalarida “O‘zbekistonda Referendum-2023: tadbirning strategik ahamiyati” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Janubiy Osiyo va xalqaro tadqiqotlar markazi ijrochi direktori, MDH davlatlari va O‘zbekiston bo‘yicha ekspert Mahmud-ul Hasan Xon qalamiga mansub ushbu maqola hozirgi payt Markaziy Osiyo mintaqasi qat’iy ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy va geostrategik qayta tartiblanishni, transformatsiya jarayonini boshidan kechirirayotgani, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yildan mamlakatni yanada siyosiy barqarorlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan kompleks islohotlar boshlaganiga oid ma’lumotlar bilan boshlanadi.

So‘ngra muallif 2023 yil 30 aprel kuni O‘zbekistonda siyosiy xilma-xillik, ma’muriy ochiqlik, shaffoflik, erkin va adolatli saylov tamoyili, adolat mezoni asosida referendum o‘tkazilishiga urg‘u berilgan.

Maqolada so‘nggi rasmiy ma’lumotga ko‘ra, amaldagi Konstitutsiyaning 65 foizi yoki uchdan ikki qismiga o‘zgarish kiritilishi, referendum taklif qilinayotgan o‘zgarishlarni fuqarolar siyosiy va saylov huquqi ta’minlanishi orqali xalq tasdig‘idan o‘tkazish imkonini berishi alohida ta’kidlangan.

– O‘zbekiston o‘ziga xos, ammo integratsiyalashgan, interaktiv, muvofiqlashtirilgan va yaxlit demokratik tizimga ega respublika bo‘lib, xalqqa xizmat qilish, odamlar manfaatini himoyalashni asosiy vazifa etib belgilagan, – deb yozadi muallif. – Mamlakatda saylovchilarning mutlaq erkinligi ta’minlangan.

Nashr o‘quvchilar e’tiborini xalqning siyosiy tanlovi va demokratik tamoyil asosida konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish masalasini muhokama qilish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi (parlament quyi palatasi) deputatlari hamda Senati (yuqori palata) a’zolari, mamlakat Oliy sudi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazganiga ham qaratgan.

Maqolaning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

O‘zA