Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!
15:28 / 2023-04-11

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida  “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” mavzusida kursantlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fozilov  va boshqalar bo‘lajak referendumning mohiyati va ahamiyati, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Qizg‘in savol-javoblar asnosida barcha 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.  

[gallery-11328]

Tadbir so‘ngida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissalari uchun  akademiyaning bir guruh ofitserlari – polkovnik Bobur Shoyoqubov, polkovnik Alisher Ergashev, polkovnik Farhod Umarov, podpolkovnik Davron Zohidov “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” hamda O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 25 yoshda” medallari bilan taqdirlandi.

Medallarni “Vatan” xayriya-jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov topshirdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA