Konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarga bag‘ishlangan konferensiya (+video)
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarning hozirgi holati va istiqboliga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir konstitutsiyaviy islohotlar, boshqaruv tizimi modernizatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlarining kuchayishi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlar bilan uyg‘unlashuvini ilmiy asosda muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Konferensiyada huquqiy davlat tamoyillari, oshkoralik, hisobdorlik va davlat organlari faoliyatining samaradorligini baholash kabi yo‘nalishlarda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida taqdimotlar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Tadbir yakunida xalqaro ekspertlar ishtirokida strategik tavsiyalar, siyosiy-huquqiy takliflar hamda ilmiy xulosalar ishlab chiqildi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/29MVTPeIWxg" title="Konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarga bag‘ishlangan konferensiya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Doniyor Yoqubov (video), O‘zA