Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaning yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma (+video)
20:53 / 2023-12-08

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilmoqda. «Ochiq eshiklar kuni» doirasida Konstitutsiyaning yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Alohida e’tirof etish joizki, Konstitutsiyamiz tarixiga doir arxiv hujjatlariga asoslangan bunday yirik ko‘rgazma birinchi marta tashkil etildi. Ko‘rgazma  ikki tarixiy davrga bo‘lingan. Ya’ni, birinchi bo‘limdan 1992 yilda Konstitutsiyaning qabul qilinishi o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limdan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning yaratilish jarayonlari aks etgan. Ko‘rgazmada jami  100 ga yaqin eksponat, ya’ni  Konstitutsiyaning yaratilish jarayonlariga oid hujjatlar, foto va videomateriallar namoyishga qo‘yilgan.

Tarixan davom etib kelayotgan demokratik qadamlar, xalq vakillarining qonun ijodkorlik faoliyati va unda fuqarolarning ishtiroki qanday bo‘lganligi tarixiy hujjatlar misolida tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilmoqda.

«Ochiq eshiklar kuni» doirasida parlament qu  yi palatasiga tashrif buyurayotgan mehmonlar, turli soha vakillari, talabalar va o‘quvchi yoshlar arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishish asnosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4q130uBDM7g" title="Konstitutsiyaning yaratilishi tarixiga bagʻishlangan koʻrgazma" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, O‘zA