Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaning 33 yilligini sud xodimlari keng nishonlashdi
15:48 / 2025-12-05

Jizzax viloyati sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri hamda “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Ushbu tadbir doirasida yoshlar, o‘rta avlod vakillari va faxriylarni birlashtirgan ma’rifiy muloqot tashkil etilib, Bosh qomusimizning ahamiyati yana bir bor keng jamoatchilikka targ‘ib qilindi.

Tantanali marosim Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.  Yig‘ilish videokonferensaloqa orqali o‘tkazilib,  unda viloyat, shahar va tumanlardagi barcha sudlarning sudyalari, sud apparati xodimlari, ularning ota-onalari hamda sud faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda Jizzax viloyati sudining raisi Akram Shukurov va viloyat ma’muriy sudi raisi Sarvarbek Rahmonov nutq so‘zlab, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakat taraqqiyoti, jamiyat rivoji, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash hamda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi. Shu bilan birga, Asosiy qonunning hayotimizdagi amaliy o‘rni va amalga oshirilayotgan islohotlardagi roliga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida “Konstitutsiya bilimdoni” tanloviga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.  Shundan so‘ng, g‘oliblar viloyat sudi raisining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Konstitutsiya kuni munosabati bilan Oliy sudda o‘tkazilgan tadbirda fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining sudya yordamchisi Xurshiddin Davurboyev Oliy sud raisining tashakkurnomasiga sazovor bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu e’tirof viloyat sudlari tizimida ham malakali kadrlar yetishib chiqayotganidan dalolat beradi.

Sud faxriysi Dilshod O‘rolov va Arnasoy tuman sudining tergov sudyasi Maqsud Ernazarov so‘zga chiqishib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladilar.

[gallery-26581]

Tadbir yakunida viloyat sudi raisining farmoyishiga asosan, 2025 yil davomida yuqori natijalarga erishgan sudyalar, sohalar bo‘yicha namunaviy xodimlar, sud tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mutaxassislar hamda ularning ota-onalari faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bu mukofotlar sud tizimi xodimlarining fidoyi mehnatini yuksak baholashning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan mazkur tadbir nafaqat avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamladi, balki sud tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning halol mehnati va yuksak mas’uliyatini yana bir bor e’tirof etdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari