Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyani yanada takomillashtirish bugungi kunning asosiy talabidir
10:47 / 2022-06-04

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova Qibray tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berdi. Tuman mahallalari oqsoqollari, oila va xotin-qizlar bӯyicha maslahatchilar, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlandi.

Unda mahalla faollari va jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz Konstitutsiyasiga ӯzgartirishlar va yangilanishlar kiritish borasidagi fikr va tashabbuslari tinglandi.

Tadbirda deputat Dilbar Usmonova ma’ruza qilib, Konstitutsiyaga ӯzgartirishlar kiritish   borasida ma’lumot berdi:

- Yangi Ӯzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib aytsak, Konstitutsiyamizni yanada takomillashtirish bugungi kunning asosiy talabidir, - dedi deputat. - Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi ishga tushirilgan. Unda barcha fuqarolar o‘z takliflarini yozib qoldirishlari mumkin.  Takliflarni nafaqat onlayn platformaga, balki mahallalar, xalq deputatlari Kengashlari, 1341 call-markazi, pochta, shu jumladan, elektron pochta hamda Telegram maxsus boti (@meningkonstitutsiyam_bot) orqali yuborish imkoniyati ham mavjud.

Tadbirda asosiy Qonunimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlarda har bir fuqaro tomonidan kelgan taklif diqqat bilan o‘rganilib, inobatga olinishi ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan har bir taklif atroflicha muhokama qilinib, qayd etib qo‘yildi.

M. Komilova, O‘zA