Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyamizning 32 yilligi keng nishonlanmoqda
10:54 / 2024-12-05

Ayni kunlarda joylarda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Markaziy Kengashi, hududiy tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari tomonidan ham bir qator uchrashuv va seminarlar o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi» shiori ostida «Konstitutsiya – huquqiy davlat kafolati» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Xayrullo G‘afforov va boshqalar mamlakatimizdagi ekologik holat, cho‘llanish, suv taqchilligining ortib borayotgani, chiqindi va boshqa ekologik muammolar jiddiy tus olayotganini qayd etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ayni shu yo‘nalishda muhim normalar kiritilgani va aholining ekologik huquqlarini ta’minlash belgilanganini ta’kidladi.  

***  

Toshkent tibbiyot akademiyasida Ekopartiya fraksiyasi deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan «Ekologiya va inson salomatligi» mavzusidagi ochiq muloqotda ham ekologik huquqlar va inson salomatligida ekologiyaning o‘rni haqida so‘z bordi.  

Tadbirda partiya va fraksiya rahbari Abdushukur Hamzayev yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan ekologik normalar va ularning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.  

***  

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida «Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi» shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatida esa Bosh qomusimizda belgilangan ekologik huquqlar bilan birga, yoshlarga oid normalar haqida ishtirochi yoshlarga tushunchalar berildi.  

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ishtirok etgan davra suhbatida talaba yoshlar ham so‘z olib, bugun yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Ekopartiya tashkilotlari tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar barcha hududda qizg‘in ruhda davom etmoqda.    

Muhtarama Komilova,

O‘zA