Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyamizda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar bo‘ldi (+video)
09:52 / 2023-11-29

Farg‘ona viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlashga katta taraddud ko‘rilmoqda. “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Darhaqiqat, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Viloyat adliya boshqarmasining shu’ba boshlig‘i Abbosxon A’zamxonov yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi.

–Umumxalq referendumi orqali O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilindi, –deydi A.A’zamxonov.–Konstitutsiyamizdan ko‘rish mumkinki, faqatgina shaklan emas, mazmun jihatidan ham juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Ya’ni Bosh qomusimiz moddalar soni va mazmuni bo‘yicha deyarli 60 foizga o‘zgardi. Unda inson huquqlarini kuchaytirish hamda inson huquq-manfaatlari, sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash hamda davlatning oldidagi majburiyatlari kuchaytirilganini ko‘rishimiz mumkin. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur Konstitutsiya bilan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari, ijtimoiy himoya masalasi, davlat boshqaruv tizimi, tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilish, mulk huquqlarini daxlsizligi bo‘yicha juda ko‘plab huquqiy normalar belgilandi.

Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/10lYNw2wPnU" title="Konstitutsiyamizda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri