Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya yurtimiz tarixida ilk bor referendum orqali qabul qilinmoqda!
09:32 / 2023-04-30

Mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy tadbir — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham barcha oila a’zolari, farzandlari bilan birga o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda poytaxtimizdagi 818-son referendum uchastkasida ovoz berdi. 

–Konstitutsiya yurtimiz tarixida ilk bor referendum orqali qabul qilinmoqda, – deydi Ibrohim Abdurahmonov. – Bugunga qadar amaldagi Konstitutsiyaga 16 marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, parlament darajasida qabul qilingan bo‘lsa, endilikda yangilanayotgan Bosh qomusimiz bevosita fuqarolarning takliflari asosida ishlab chiqilib, xalqimiz tomonidan qabul qilinayotgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga kiritiladigan birinchi hujjatga aylanib ulgurdi. Meni quvontirgan holat shuki, yangi qomusimiz uchun bugungi siyosiy jarayonda takliflarning 70 foizi mamlakat yoshlari tomonidan taqdim qilingan. 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA