O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari, erkinlik, tenglik va adolatning asosiy kafolati sifatida mamlakat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya va Harbiy prokuratura hamkorligida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Harbiy prokuratura va Milliy gvardiya Markaziy devoni mas’ul rahbarlari, gvardiyachilar va “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab Harbiy prokuratura tarixi muzeyiga tashrif buyurib, muzeyda ko‘rsatilgan tarixiy eksponatlar orqali o‘tgan davrlarning ahamiyatini va bugungi kunda tizimning qanday rivojlanayotganini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
So‘ngra ishtirokchilar tergov poligoni va elektron o‘q otish tayyorgarligi o‘quv xonasi bilan tanishdi. Ushbu jarayon, ayniqsa yosh harbiylar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular o‘z mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbirning asosiy qismini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmuni, uning ahamiyati va bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etdi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Konstitutsiyasining inson huquqlari, erkinlik, tenglik va adolatni ta’minlashdagi roli haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda adolat, tenglik va inson huquqlari masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir doirasida mavzuga oid maxsus videoroliklar namoyish etildi va viktorina uyushtirilib, faol yoshlarga Konstitutsiya kitoblari sovg‘a qilindi.
Bunday tadbirlar yoshlarni Vatan oldidagi burchini, huquq va erkinliklarini hurmat qilishga undaydi, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga yordam beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EMNs-bW5pEI?si=12uc5gzg3hqcfkSU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA