Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun
17:41 / 2022-07-23

Navoiy viloyati, Konimex tumanidagi Bolalar va o‘smirlar san’at maktabida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokida “Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, tibbiyot birlashmasi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla fuqoralar yig‘inlari hamda mutasaddi tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida so‘z yuritilib, ushbu qonun loyihasi “insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangani aytildi.

Ushbu qonun loyihasidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun”degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini Konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarimizdan kelib tushayotgan taklif va fikrlar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilishicha, kelib tushayotgan takliflarning aksariyati aynan insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini kafolatlashni jiddiy ravishda kuchaytirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida loyiha bilan Konstitutsiyamizning mazkur masalaga bag‘ishlangan normalari ham tubdan takomillashtiriladi.

Yilish ishtirokchilariga, bu mening Konstitutsiyam, degan tuyg‘u bilan ushbu jarayotlarda faol qatnashish, o‘z fikr va takliflarini bildirish kerakligi tushuntirildi.

O‘zA