Inson huquqlari muammosi - bugungi kunda insoniyat oldida turayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining ta’minlanganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi o‘lchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining o‘ziga xos barometridir.
Zero, inson huquqlarini ta’minlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish bo‘yicha strategik maqsadga erishiladi.
O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz respublika mustaqilligining huquqiy poydevorini mustahkamlashda, barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi.
Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun g‘oyasiga asos solingan bo‘lib, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yildi. Konstitutsiyamizda fuqarolarning tengligi, erkinligi va daxlsizligi, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, har qanday qonunga xilof tajovuzlardan muhofaza qilinishi, qonunga asoslanmagan holda hibsga olinmasligi yoki qamoqda saqlanmasligi, qiynoqqa solinmasligi kabi eng muhim va muxtasar qoidalar qat’iy mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiya va shaxs daxlsizligi kafolatlari to‘g‘risida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagoglar markazi mudiri Zafarjon Rahmonov batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/BmLQ11kinW4" title="Konstitusiya va shaxs daxlsizligi kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA