Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya va jamiyat: Odamlar orasida… (+video)
16:43 / 2025-12-08

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Bu sana nafaqat davlatning eng asosiy hujjatini eslash, balki jamiyat va har bir fuqaro hayotidagi ahamiyatini anglash uchun muhim. Konstitutsiya nafaqat qonunlar majmui, balki inson huquqi va erkinligini himoya qiluvchi asosiy kafolat, qolaversa davlat boshqaruvi, ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash poydevori hisoblanadi. Shu sabab, har bir fuqaroda qomusga nisbatan hurmat hissi ustuvor.

“Odamlar orasida” loyihamizning bu galgi sonida so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik asosan Konstitutsiyadagi shaxsiy huquq va erkinlikni kafolatlovchi moddalarga e’tibor qaratarkan. So‘z erkinligi, tenglik va ta’lim olish huquqini esa odamlar hayotiy zarurat sifatida qabul qiladilar. Umuman, huquq va majburiyatni anglash jamiyatda adolat va shaffoflikni kuchaytiradi, korrupsiya va adolatsizlikning oldini oladi. Muammo ham ko‘pincha ikki tomonlama yuzaga keladi: ba’zan tizim amalda qonunga rioya etmaydi yoki fuqaro o‘z huquqi va majburiyatini bilmaydi. Natijada inson va qonun orasidagi bog‘liqlik zaiflashadi.

Konstitutsiya — imkoniyat va kelajak kafolati

Ma’lumki, qonun xatti-harakatlarni tartibga soladi. Afsuski, fuqaro bunga tayyor bo‘lmasa, o‘z-o‘zidan tizim ishlamaydi. Demak, har ikki tomon bir-birini to‘ldirishi lozim: qonun fuqarolarni qoidaga yo‘naltiradi, kishilar esa qonunni hurmat qilgan holda amalga oshiradi. Konstitutsiya nafaqat qog‘ozdagi hujjat, balki har birimiz uchun kundalik turmushda himoyachi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchidir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wF_F3Fi8Qbk" title="Konstitusiya va jamiyat: Odamlar orasida…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Fardona Yaxshiboyeva, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA