Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya — taraqqiyotimizning hayotbaxsh ifodasi
13:50 / 2025-12-07

FOTOREPORTAJ

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Bu yil Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanayotgani esa alohida ahamiyatlidir. 

Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yangiliklar va yangilanishlar, barcha orzu-havaslarimiz zamirida Bosh Qomusimiz — Konstitutsiyamizning hayotbaxsh normalari o‘zining amaliy ifodasini topgan.

Mazkur sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda esa Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilayapti. Xususan, yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan turli tadbirlar ularning huquqiy bilimlarini boyitishga xizmat qilmoqda.

Cana munosabati bilan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham o‘quvchilarning faolligi bilan yanada mazmunga boy bo‘ldi.

Maktabda tadbir doirasida “Ochiq dars”, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual uyini ham tashkil etildi. Konstitutsiyani o‘zida ifoda etgan rasmlar ko‘rgazmasi esa ishtirokchilarga katta qiziqish uyg‘otdi.

[gallery-26616]

O‘quvchilar tomonidan Bosh Qomusimizni tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi. Sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ular ishtirokida badiiy dastur tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning huquqiy bilimlarni mustahkamlashga qaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda Konstitutsiya – bu xalqi ruhi, g‘urur-iftixori, xohish-irodasi, kerak bo‘lsa, kuch-qudrati va orzu-intilishlarini namoyon etuvchi muhim dasturilamaldir.

 Siroj ASLONOV (surat), O‘zA